Polvonlar Nukusda bellashdi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida kurash bo‘yicha kattalar va xotin-qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tumanlardan jami 150 nafarga yaqin polvon o‘z vazn toifasida bellashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bӯlimi tomonidan tashkil etilgan bahslar qizg‘in va murosasiz kechdi.
Erkaklar o‘rtasida Bavurjon Sarsenboyev, Og‘abek Gulmirzayev, Nurbek Yo‘ldoshev, To‘lqin Ochilov, Jo‘rabek Abdullayev, Sultonbek Matkarimov, Muqasan Turg‘unboyev, Bahrom Saidov tegishli vazn toifasida g‘olib bo‘ldi.
Xotin-qizlar bahsida Aynura Jumageldiyeva, Mehribon Qidirboyeva, Gulnoz Turdiboyeva, Gulzira Xo‘jamuratova, Aziza Omirboyeva, Oyzoda Abilqosimova, Sabrina Uzoqboyeva, Larisa Torejanova o‘z vazni toifasida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA