Humoyun Sultonovdan kutilgan g‘alaba

262

Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi yopiq kortlarida tennis bo‘yicha “Devis kubogi”ning I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Bosniya va Gersegovina terma jamoalari bahsi boshlandi.

Dastlabki uchrashuv Humoyun Sultonov – Mirza Bashich o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda 6:4, 3:6, 7:6 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, O‘zbekiston – Bosniya va Gersegovina terma jamoalari bahsida umumiy hisob 1:0 ko‘rinishini oldi

Birozdan so‘ng Sergey Fomin – Damir Jumhur o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

Alimurod Mamadaminov (surat)  

O‘zA