Stol tennischilarimiz Qatarda sovrindor bo‘ldi

169

Qatarning Doha shahrida stol tennisi bo‘yicha “WTT Youth Contender Doha” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ushbu nufuzli turnirda hamyurtlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Jumladan, U11 yosh toifasidagi bahslarda Husen Iskandarov birinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Amir Shiriyev va Lochinbek Abduxalilov bronza medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, U13 yosh toifasidagi bahslarda Husen Iskandarov musobaqadagi ikkinchi medaliga ega chiqdi. Ushbu yo‘nalishda stol tennischimiz bronza medali sohibiga aylandi.

U15 yoshdagi stol tennischilar orasida Adelina Hasanova, Arujan Kamolova uchinchi pog‘onadan o‘rin oldi. Aralash juftlik bahslarida esa Rahmatillo Abdurashidov va Arujan Kamolova tandemi bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U19 yosh toifasidagi aralash juftliklar orasida Diyorbek Dilshodov va Adelina Hasanova dueti shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA