Dzyudochilarga “Antidoping ta’limoti” bo‘yicha seminar o‘tkazildi

134

Mamlakatimizda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan sportchilarni dopingdan himoyalash uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilgan.

2025 yil uchun ishlab chiqilgan “Antidoping ta’limoti” o‘quv rejasiga asosan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun seminar tashkil etildi.

O‘tkazilgan seminarda antidoping qoidabuzarliklaridan himoyalanish tartib qoidalari, terapevtik istisnoga ariza topshirish tizimi, sportchining huquq va majburiyatlari yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

Sportchilarning salomatligini asrash, bilib-bilmay doping qabul qilishdan himoyalash, mashaqqatli mehnatning sarobga aylanmasligiga qaratilgan mazkur seminar yurtimiz sportchilarining xalqaro maydonda yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritishida muhim ahamiyatga ega.

T.Ro‘ziyev, O‘zA