Ryutte mudofaa xarajatini oshirish ustida ish boshlaydi

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Pentagonning yangi rahbari Piyet Xegset bilan telefon orqali dastlabki suhbatini o‘tkazganini aytib, endi alyansga a’zo mamlakatlar mudofaa xarajatini oshirish ustida ishlash istagini bildirdi.
– Kuchli ittifoq uchun harbiy tizim uchun mablag‘ni ko‘paytirish, sohada ishlab chiqarishni kuchaytirish bo‘yicha birgalikda ish olib borilishini kutib qolaman, – deb yozgan mulozim ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq u Yevroparlament a’zolari oldida chiqish qilib, hamkorlarni ittifoq mamlakatlarida mudofaa xarajatini oshirishga chaqirgan edi.