YeCHL: “Bavariya”, “Real”, “Manchester Siti”, “PSJ” pley-offda o‘ynaydi
Joriy yilning 29 yanvardan 30 yanvarga o‘tar kechasi YeCHLning so‘nggi 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur turda “Manchester Siti” kambek amalga oshirib, “Bryugge” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Barselona” kutilmaganda “Atalanta” bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Shuningdek, “Shtutgart” o‘z maydonida “PSJ”ga 1:4 hisobida yengildi.

Umumiy bosqichning so‘nggi turida “Brest” — “Real” 0:3, “PSV” — “Liverpul” 3:2, “Yuventus” — “Benfika” 0:2, “Jirona” — “Arsenal” 1:2, “Bavariya” — “Slovan B” 3:1, “Inter” — “Monako” 3:0, “Dinamo Zagreb” — “Milan” 2:1, “Bayer” — “Sparta” 2:0, “Aston Villa” — “Seltik” 4:2, “Zalsburg” — “Atletiko” 1:4, “Borussiya D” — “Shaxtyor” 3:1, “Lill” — “Feyenoord” 6:1, “Sporting” — “Bolonya” 1:1, “Shturm” — “Leypsig” 1:0, “Yang Boyz” — “Srvena Zvezda” 0:1 hisobi qayd etildi.

Ushbu natijalardan so‘ng, “Liverpul”, “Barselona”, “Arsenal”, “Inter”, “Atletiko”, “Bayer”, “Lill” va “Aston Villa” klublari 1/8 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi.
“Atalanta”, “Borussiya D”, “Real”, “Bavariya”, “Milan”, “PSV”, “PSJ”, “Benfika”, “Monako”, “Brest”, “Feyenoord”, “Yuventus”, “Seltik”, “Manchester Siti”, “Sporting” va “Bryugge” jamoalari esa 9-24 o‘rinlarga joylashgan holda qo‘shimcha pley-off bosqichida ishtirok etadi.
24-o‘rindan pastda joylashgan jamoalar uchun bu yilgi Yevropa chempionlar ligasi o‘z yakuniga yetdi.Pley-off bosqichiga 31 yanvar kuni qur’a tashlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA