YeCHL: Pley-off bahslaridagi ehtimoliy raqiblar nomi aniq bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, Yevropa chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi 8-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetib, keyingi bosqichga chiqqan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
Endi nimchorak finalga o‘tish o‘yinida ishtirok etadigan 16 ta jamoa o‘zaro raqobatlashadi. Ular ertaga, 31 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadigan qur’a natijasiga ko‘ra pley-offdagi raqiblarini bilib oladilar.
Musobaqaning pley-off to‘riga qaralsa, quyidagi jamoalar o‘zaro raqobatlashishini taxmin qilsa bo‘ladi.
Pley-offda o‘zaro raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoalar ro‘yxati:
“PSJ”/“Benfika”, “Monako”/“Brest”;
“Milan”/ “PSV”, “Feyenoord”/“Yuventus”;
“Real”/“Bavariya”, “Manchester Siti”/“Seltik”;
“Atalanta”/“Borussiya D”, “Sporting”/“Bryugge”.
Nimchorak finalda 1-8-o‘rinni egallagan jamoalarga tushish ehtimoli mumkin bo‘lgan klublar:
“Liverpul” yoki “Barselona” – “PSJ”/“Benfika”, “Monako”/“Brest”;
“Arsenal” yoki “Inter” – “Milan”/“PSV”, “Feyenoord”/“Yuventus”;
“Atletiko” yoki “Bayer” – “Real”/ “Bavariya”, “Manchester Siti”/“Seltik”;
“Lill” yoki “Aston Villa” – “Atalanta”/“Borussiya”, “Sporting”/“Bryugge”.
Ma’lumot o‘rnida: Pley-off bosqichi uchrashuvlari 11-12, 18-19 fevral kunlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichdan chiqqan jamoalar nimchorak finaldagi raqiblarini aniqlash uchun tashlanadigan qur’a marosimi 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA