Ot sporti: chavandozimiz Indoneziyada bronza medaliga sazovor bo‘ldi

178

Indoneziyaning Jakarta shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CIS1-CIJA-A tasnifidagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirok etib, sovrinli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritdi.

110 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Izzatullo Abdug‘afforov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni indoneziyalik chavandozlar qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA