Nukusda yosh basketbolchilar bellashdi (video)

205

Nukus shahrida 2011-2012 yillarda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tumanlardan jami 17 jamoa o‘zaro bellashdi.

Musobaqa yoshlar o‘rtasida basketbol sportini keng ommaviylashtirish, eng kuchli va iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni Qoraqalpog‘iston terma jamoasi tarkibiga kiritish maqsadiga qaratilgan.

Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Nukus shahri jamoasi birinchi, Xo‘jayli tumani qizlari ikkinchi, mo‘ynoqlik basketbolchilar uchinchi o‘rinni egalladi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida mezbon jamoa g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Xo‘jayli va Chimboy tumani sportchilariga nasib etdi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA