AQSH Ukrainaga 90 ta “Patriot” berdi

153

Amerika Qo‘shma Shtatlari shu hafta avval Isroilda saqlangan “Patriot” havo mudofaa tizimi uchun mo‘ljallangan 90 ga yaqin tutib oluvchi raketani Ukrainaga jo‘natdi. Bu haqda “Axios” amaliyotdan xabardor manbalarga tayanib yozgan.

Qurilmalar ayni payt Polshaga yetkazilgan, endi Ukrainaga o‘tkazilishi kutilyapti. Bu 2022 yil mojaro boshlangandan beri Isroildan Kiyevga yetkazilgan eng yirik qurol to‘plamidir.

Portal ma’lumotiga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari o‘z havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantirish asnosida 2024 yil aprelda eskirgan, deya baholangan “Patriot” tizimini foydalanishdan chiqargan.

Ukraina hukumati raketalarni modernizatsiya qilish va keyin Kiyevga topshirish uchun AQSHga qaytarishni taklif qilgan. Isroil esa Rossiyaning bu ishga ehtimoliy salbiy munosabatidan xavfsirab, qarorni kechiktirgan.

Faqat sentyabr oyiga kelib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu tashabbusni ma’qullagan. Isroil, shuningdek, Moskvaga gap qurollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainaga yetkazib berish emas, balki AQSHga qaytarish haqida borayotganini eslatgan.