Superliga jamoalari nazorat o‘yinini o‘tkazdi

179

Shu kunlarda “So‘g‘diyona” va “Dinamo” futbol klublari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan bo‘lsa, “Paxtakor” va “Bunyodkor” yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ushbu yig‘inlar doirasida klublarimiz turli mamlakat jamoalari bilan nazorat o‘yinini o‘tkazmoqda. Jumladan, “So‘g‘diyona” Latviyaning “Riga” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Dinamo” Xorvatiyaning “Vukovar” klubi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

“Paxtakor” klubining yig‘in doirasida Shimoliy Makedoniyaning “Sileks” jamoasiga qarshi o‘tkazgan nazorat bahsi 0:0 hisobida yakunlandi. “Bunyodkor” esa  Rossiyaning “Yenisey” jamoasi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA