O‘zbekiston U17 terma jamoasi “Antalya Youth Cup” xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi

169

Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston U17 terma jamoasi 8-15 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Islom Ismoilov qo‘l ostidagi jamoamiz yig‘in doirasida “Antalya Youth Cup” xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

Shuningdek, futbolchilarimiz 10 fevral kuni Slovakiya, 12 fevralda Marokash hamda 14 fevral kuni Chexiya o‘smirlar terma jamoalariga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazadi.

Mazkur yig‘indan so‘ng, O‘zbekiston U17 terma jamoasi 16-21 fevral kunlari Belarusning Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan turnirda “Rivojlanish Kubogi-2025” xalqaro turnirida ham qatnashishi kutilmoqda.

Turnirda 8 ta jamoa ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida mezbon Belarus, Ozarbayjon va Braziliyaning “Blockchain Sports” akademiyasi bilan to‘qnash keladi.

“B” guruhida esa Rossiya, Tojikiston, Eron va Qozog‘iston termalari o‘zaro raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA