Britaniya Belarus MSK rahbariga qarshi sanksiya joriy qildi

Dushanba kuni Birlashgan Qirollik hukumati veb-saytida e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Buyuk Britaniya Belarus Markaziy saylov komissiyasi rahbari Igor Karpenko va yana besh kishiga nisbatan sanksiya joriy qildi.
– Ushbu davlat huquq-tartibot tizimining bir necha vakili ham London cheklovi ostida qoldi, – deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu shaxslarning mamlakatda inson huquqi buzilishiga aloqadorligi da’vo qilingan.
Bunga javoban, MSK rahbari Buyuk Britaniyani Belarusning ichki ishlariga daxl qilmaslikka chaqirib, uning jumladan saylov jarayoniga aralashish huquqi yo‘qligini eslatdi.