Raqobat qo‘mitasi tomonidan Respublika hududidagi ko‘plab dorixonalarda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali respublikamizning hududlari kesimida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan referent narxlarning oshirilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringda 1300 ga yaqin dorixonalarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan,
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 88 ta dorixona (38 ta ulgurji va 50 ta chakana);
— Andijon viloyatida 49 ta dorixona (44 ta ulgurji va 5 ta chakana);
— Buxoro viloyatida 50 ta dorixona (7 ta ulgurji va 43 ta chakana);
— Jizzax viloyatida 106 ta dorixona (25 ta ulgurji va 81 ta chakana);
— Qashqadaryo viloyatida 43 ta dorixona (9 ta ulgurji va 34 ta chakana);
— Navoiy viloyatida 118 ta dorixona (30 ta ulgurji va 88 ta chakana);
— Namangan viloyatida 119 ta dorixona (65 ta ulgurji va 54 ta chakana);
— Samarqand viloyatida 182 ta dorixona (72 ta ulgurji va 110 ta chakana);
— Surxandaryo viloyatida 18 ta dorixona (17 ta ulgurji va 1 ta chakana);
— Sirdaryo viloyatida 65 ta dorixona (15 ta ulgurji va 50 ta chakana);
— Toshkent viloyatida 134 ta dorixona (20 ta ulgurji va 114 ta chakana);
— Farg‘ona viloyatida 36 ta dorixona (13 ta ulgurji va 23 ta chakana);
— Xorazm viloyatida 36 ta dorixona (18 ta ulgurji va 18 ta chakana);
— Toshkent shahrida 228 ta dorixona (80 ta ulgurji va 141 ta chakana).
Yuqoridagi hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida 270 ming ta holatda jami 11,6 milliard so‘m miqdorida asossiz daromad olingani aniqlanib, ortiqcha olingan pul mablag‘larini iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rildi.
N.Rahmonova,
O‘zA