Terma jamoamiz durang qayd etdi
188

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarning Doha shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Kecha terma jamoamiz yig‘in doirasida Iordaniyaga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.
Aslida “Abdullah Bin Khalifa” stadionida o‘tishi kerak bo‘lgan mazkur uchrashuv maydonning suv nasoslari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani tufayli “Grand Hamad” stadioniga ko‘chirildi. O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari bahsida hisob ochilmadi.


Eslatib o‘tasiz, terma jamoamiz yig‘ini 31 yanvar kuniga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA