Bokschi qizlar O‘zbekiston chempionatida final yo‘llanmasi uchun jang qiladi

194

Poytaxtimizda joylashgan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks zalida kattalar o‘rtasida o‘tayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Jumladan, bugun mazkur chempionatning ayollar yo‘nalishida yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. Unda 12 ta vazn toifasida jami 24 ta juftliklar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkaziladi.

Yarim final bosqichida g‘olib bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari, musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi finaliga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yarim final va ikkala toifadagi final bahslari 27-28 yanvar kunlari “Zoʻr TV” telekanalining “Renessans Hall” binosida o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA