Abduqodir Husanov asosiy tarkibdan joy oldi

289

Bugun, 25 yanvar kuni “Manchester Siti” “Etihad” stadionida Angliya Premer-ligasi 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Chelsi” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Quvonarlisi, o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov  asosiy tarkibda maydonga tushadigan bo‘ldi.

“Manchester Siti” tarkibi quydagicha:

31.Ederson Morayes, 24.Yoshko Gvardiol, 25.Manuel Akanji, 27.Mateus Nunes, 45.Abduqodir Husanov, 7.Omar Marmush, 8.Mateo Kovachich, 19.Ilkay Gyundogan, 20.Bernardu Silva, 47.Fil Foden, 9.Erling Xoland.

Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA