Qilichbozlar Jizzaxda bellashdi

174

Jizzax shahridagi “Kibersport arenasi”da qilichbozlik bo‘yicha U13 yosh toifasidagi o‘g‘il va qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining sablya yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar bellashuvlarida Diyorbek Maksetov final bahsida g‘alaba qozonib, mamlakat chempioniga aylandi. Ushbu toifada Aslan Umanov va Atabek Embergenov bronza medaliga loyiq ko‘rildi.

Qizlar bahsida poytaxt jamoasining ikki vakilasi – Sofiya Makarova hamda Lola Mirzayeva shohsupaning birinchi va ikkinchi o‘rnidan joy olgan bo‘lsa, Perizat Mavlenbergenova va Parizod Turotova kuchli uchlikni yakunladi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA