Dzyudo bo‘yicha murabbiy va hakamlarimiz uchun maxsus seminar o‘tkazildi

164

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida mamlakatimiz hakamlari va murabbiylari uchun dzyudo bo‘yicha nazariy va amaliy seminar tashkil etildi.

Joriy yilgi Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar qoidalariga bir nechta o‘zgarishlar kiritilishi haqida xabar berilgan edi va bu yangiliklar bo‘yicha Turkiyaning Istanbul shahrida maxsus xalqaro seminar ham o‘tkazilgan.

Unda dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida o‘zbekistonlik bir guruh referi hamda murabbiylarimiz ham ishtirok etgan edi. Ular orasida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov hamda Olimpiya toifasidagi referi Vyacheslav Pereteyko ham bor edi.

Aynan ushbu ikki mutaxassis poytaxtimizda tashkil etilgan seminarda murabbiy va hakamlarimizga Parijda o‘tadigan “Katta Dubulg‘a” turnirida amaliyotga kiritiladigan o‘zgarishlar haqida atroficha ma’lumot berdi.

O‘z navbatida murabbiylarimiz polvonlarimizga yangi qoidalar haqida tushuncha berishi va

mashg‘ulotlar davomida amalda ko‘rsatishlari haqida aytildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA