Xitoy va Markaziy Osiyo savdo aylanmasini rekord darajaga ko‘tardi

Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi miqdori 2024 yil yakuniga ko‘ra 94,82 milliard dollarni tashkil etdi. Bu avval qayd etilmagan eng yuqori ko‘rsatkich. Ma’lumotni XXR Bosh bojxona boshqarmasi tasdiqlagan. Qayd etilishicha, 2023 yil bu raqam 89,4 milliard dollarni tashkil etgan.
Markaziy Osiyodagi hamkorlar reytingida Qozog‘iston birinchi (43,82 milliard dollar), Qirg‘iziston ikkinchi (22,71 milliard dollar), O‘zbekiston uchinchi (13,78 dollar), Turkmaniston to‘rtinchi (10,65 milliard dollar), Tojikiston beshinchi o‘rinni egallagan.
Xitoyning o‘tgan yil xorijiy davlatlar bilan jami 6,16 trillion dollarlik mahsulot va xizmat ayirboshlagan. Umumi savdo balansi qariyb 1 trillion dollarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, XXR parlamentining 5 mart kuni ochiladigan yillik sessiyasida mamlakat iqtisodiyotini 2025 yilda rivojlantirishga doir asosiy ko‘rsatkichlar e’lon qilinadi.