Bugun, 2025 yil 24 yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Unda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazilmoqda. Majlis jarayonlari Senatning YouTube tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali onlayn yoritilmoqda.

Yalpi majlisning birinchi ish kunida “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlar ma’qullandi.

Bugun majlis davomida muhokama qilinadigan barcha masalalar haqida batafsil yoritib boramiz.

N.Abduraimova,  

N.Haydarov (surat),

O‘zA