FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi madaniyat muassasalari faoliyati hamda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng ommaga yetkazish maqsadida jurnalist va blogerlar ishtirokidagi press-tur tashkil etildi.

Dastlabki tadbir Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Vazir va yoshlar uchrashuvi” bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri Begis Temirboyev yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda madaniyat va san’at sohasida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan 200 ga yaqin iqtidorli yosh, davlat mukofotlari sovrindorlari, stipendiatlar, xalqaro tanlovlar g‘oliblar qatnashdi.

Uchrashuvda yoshlarning madaniyat va san’at sohasiga oid fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi, savollariga batafsil javob qaytarildi.

Faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA