Madaniy tadbirlarga bag‘ishlangan uchrashuv

241

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan madaniyat va san’at sohasini isloh qilish, uni yanada rivojlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotgani, 2024 yilda sohaga oid qator muhim qarorlar imzolangani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Prezidentimizning 2024 yil 20-21 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida belgilab berilgan topshiriqlarga ko‘ra, 2025 yilning aprel-may oylarida Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasi va Taxtako‘pir tumanida “Ko‘chmanchi xalqlar” xalqaro festivalini, 2026 yilda esa “Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansamblining 70 yillik yubileyini o‘tkazish masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini topshirdi.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri