“World Boxing”ning yangi taqvimi e’lon qilindi

171

“World Boxing” tashkiloti 2025 yil uchun musobaqalar taqvimini e’lon qildi.

Taqvimda 4 ta jahon kubogi bosqichi, 1 tadan jahon chellenj turniri va dunyo birinchiligi ko‘rsatib o‘tilgan. Jahon chempionati 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida o‘tishi belgilangan.

Quyida musobaqalar sanasi va mezbonlar bilan tanishasiz:

30 mart – 7 aprel: Jahon kubogi (Braziliya);

3-7 iyun: Jahon chellenj turniri (Chexiya);

30 iyun – 7 iyul: Jahon kubogi (Qozog‘iston);

21-27 iyul: Jahon kubogi (Mezbon keyinroq ma’lum qilinadi);

4-14 sentyabr: Jahon chempionati (Angliya);

15-22 sentyabr: Jahon kubogi (Hindiston).

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA