Xokkey: “Humo” Qozog‘iston chempionatida peshqadamga aylandi
187

Toshkentning “Humo“ xokkey klubi Qozog‘iston chempionatining safar uchrashuvida ikkita o‘yinni “Aktobe” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Poytaxtimiz xokkeychilari birinchi bahsda mehmonlarni 3:1 hisobida dog‘da qoldirgandi. O‘yinda xokkeychilarimizdan Radel Fazleyev, Vadim Kravchenko va Edgars Siksna raqiblar darvozasiga uchta shaybani yo‘lladi.

22 yanvar kuni o‘tkazilgan ikkinchi o‘yinda “Humo“ jamoasi a’zolari “Aktobe“ni 2:0 hisobida mag‘lub etishga erishdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng “Humo” jamoasi ochkolari sonini 51 taga yetkazgan holda turnir jadvalida 51 ochko bilan yetakchiga aylanib oldi. “Torpedo Ust-Kamenogorsk” jamoasi esa 50 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan vaziyatda “Sariarka“ klubi 48 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA