Qozog‘iston birinchi AES qurilishi uchun nomzodlarni aniqladi

166

Qozog‘iston atom elektr stansiyasi qurilishi texnologiyasini baholash bo‘yicha muayyan xulosalarni chiqardi.

“AzerTAJ” ommaviy axborot vositalariga tayanib, tegishli ro‘yxatga Xitoyning CNNC, Janubiy Koreyaning ICHNP, Rossiyaning “Rosatom” va Fransiyaning EDF kompaniyalari kiritilganini ma’lum qildi.

Pudratchi tanlash bo‘yicha yakuniy qaror, milliy manfaat, xalqaro standart va MAGATE tavsiyalarini inobatga olgan holda, tez orada qabul qilinadi.

Kelajakda mamlakat ikkinchi va uchinchi atom elektr stansiyalari qurishni ham rejalashtirgan.