Los-Anjelesda yangi yong‘in tufayli evakuatsiya boshlandi

Los-Anjeles okrugida Xyuz o‘rmon yong‘ini tufayli 31 000 ga yaqin kishi majburiy ko‘chirilishi haqida xabar oldi, deya xabar bermoqda “CBS News” rasmiylarga tayanib.
– Sherif Robert Luna okrugning 31 ming aholisiga nisbatan majburiy evakuatsiyadan ogoh qilingan, yana 23 ming kishi ko‘chirilishi mumkinligi ta’kidlangan, – deyiladi materialda.
Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya qilish departamenti olov qoplagan hudud 9200 akr (37 kvadrat/kilometr)ga yetganini ma’lum qildi. Avvalroq Xyuz yong‘inida 20 kvadrat/kilometrdan ko‘proq maydon yonib ketgani aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni Los-Anjeles okrugida boshlangan ofat shtat tarixidagi eng yirik yong‘in hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, o‘t olgan umumiy maydon 16 000 gektardan oshib, fojia ta’sirida 25 kishi halok bo‘ldi. Meteorologlar qayd etishicha, quruq havo va shamol olov tez tarqalishiga sabab bo‘lgan.