Energiya tizimida “inqilob davri” boshlanyaptimi?

180

O‘tgan yil davomida quyosh ilk bor Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini ko‘mirga nisbatan ko‘proq energiya bilan ta’minladi. Bu qayta tiklanadigan energiya manbalari yuksalishi davrining yangi bosqichidan dalolat, deb yozgan “Euronews”.

Xabarda keltirilishicha, 2024 yil elektr energiyasining 11 foizi quyosh nuri yordamida ishlab chiqarilgan. Ko‘mirning ayni sohadagi hissasi 10 foizdan kamaygan.

– 2019 yil Yevropada “Yashil” bitim amalga oshirila boshlanganda ko‘pchilik shamol va quyosh ko‘mirni chetga surishi, gazni tizimli ravishda tanazzulga uchratishiga ishonmagan edi, – deydi taniqli tahlilchi Kris Rosslou. – Binobarin, ko‘rib turganingizdek, “yashil” energiyaga o‘tish jarayoni bugun jadallashmoqda.

Darvoqe, gaz ishlab chiqarish ketma-ket beshinchi yil qisqardi. Ikki mavsumdan buyon shamol “zangori olov” ga qaraganda ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqaryapti.

Musulmon Ziyo, O‘zA