Joriy yilda 120 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi hisob-kitob qilingan

167

Bunga qo‘shimcha 15 ming xonadon Yangi Toshkentda barpo qilinadi va bu uylarda “yashil” energiyadan foydalaniladi.

Energiya barqarorligini ta’minlash uchun xususiy sheriklik asosida 100 megavatt-soat sig‘imli elektr saqlash quvvati o‘rnatiladi. 

Yangi Toshkentdagi uylarni isitish va sovutish markazlashgan trigeneratsiya tizimi orqali bo‘ladi.

Barcha bino-inshootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinadi. Transport, yoritish tizimlari va zaryadlash stansiyalari faqat “yashil” talablar asosida bo‘ladi.

O‘zA