U-17 Osiyo kubogidagi raqiblarimiz ma’lum

209

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhidan o‘rin oldi. Vakillarimiz guruhda Saudiya Arabistoni, Tailand va Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

Qur’a natijalari bilan tanishing:

“A” guruhi  

Saudiya Arabistoni

O‘zbekiston

Tailand

Xitoy

“B” guruhi  

Yaponiya

Avstraliya

Vetnam

BAA

“S” guruhi  

Koreya Respublikasi

Yaman

Afg‘oniston

Indoneziya

“D” guruhi  

Eron

Tojikiston

O‘mon

KXDR

Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tab beradi.

Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA