Ipoteka krediti ajratishda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimiz daromadini hisobga oladigan tizim yaratiladi
141

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Mamlakatimizda aholiga rasmiy ish joyi bo‘lmasa ham, daromadini deklaratsiya asosida hisobga olib, ipoteka krediti olishi uchun imkoniyat yaratilgan.
Lekin hozirda xorijga ishlashga ketganlarga “O‘zbekistonda rasmiy daromadi yo‘q”, degan vaj bilan kredit va subsidiya berilmayapti.
Mutasaddilarga xorijda mehnat qilayotgan va olti oy ichida muntazam pul o‘tkazib kelayotgan fuqarolarimiz daromadini hisobga oladigan tizim yaratish topshirildi.
O‘zA