
Qirg‘iziston – Turkiya Manas universiteti Adabiyot fakulteti dotsenti Erdal Aydog‘mush tomonidan “Qoraqalpoq turklarining ota so‘zlari (injeleme-metin-aktarma)” (Qoraqalpoq naql-maqollari. Tadqiqot-matn-tarjima) kitobi nashrdan chiqdi.
Kitobning kirish qismida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, qoraqalpoq tili va adabiyot haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqot bo‘limida naql-maqollarning mavzusi, badiiy tasvir vositalari va gap turlari o‘rin olgan. Kitobning tarjima qismida jami 1007 ta qoraqalpoq naql-maqoli turk tiliga tarjima qilingan.
Ta’kidlash joizki, professor Erdal Aydog‘mush qoraqalpoq tilidan tashqari rus, ingliz, qirg‘iz, qozoq, o‘zbek, uyg‘ur tillarini yaxshi egallagan filolog olim hisoblanadi. U Qirg‘iziston – Turkiya Manas universitetida, Ardaxon universitetida, Ahmad Yassaviy Turk – Qozoq universiteti Turk tili bo‘limida faoliyat olib borgan. 2022 yildan boshlab Qirg‘iziston – Turkiya Manas universitetining Adabiyot fakulteti Turkologiya bo‘limida faoliyat yuritmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri