Qishloq xo‘jaligi texnikalari mavsumga hozirlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida ham bahorgi mavsum uchun texnikalar sifatli ta’mirlanib, shay holatga keltirilmoqda.
Ekish mavsumiga jalb etiladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari tumanning 16 ta hududidagi ustaxonalarga to‘plangan. Birgina chigit ekish seyalkalari soni jami 150 donani tashkil qilsa, kultivatorlar 325 ta, tishli boronalar 1700 donadan iborat.
Hozirda To‘lqin, Qipchoq, Do‘rmon, Qilichboy, Turkmaniston, Namuna va Tosh yop ovuli va mahallalari hududidagi ustaxonalarda qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan texnika va mexanizmlarni ta’mirlash ishlari yakunlanish arafasida.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA