2024 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshdi

228

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston O‘zbekistonning uchta asosiy tashqi savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi, deb xabar bermoqda “Kazinform” agentligi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 198 ta davlati bilan savdo aloqalariga ega. 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida yurtimizning tashqi savdo aylanmasi 65,9 milliard dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,8 foizga o‘sdi.

Umumiy hajmdan eksport 26,9 mlrd dollarni (+8,4%), import esa 38,9 mlrd dollarni (+0,8%) tashkil etdi.

Shuningdek, Xitoy ham o‘lkamizning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi 12,4 mlrd dollarni (jami ko‘rsatkichning 18,9%) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya ikkinchi o‘rinda – 11,6 milliard dollar (17,6 foiz). Kuchli uchlikni Qozog‘iston 4,2 milliard dollar (6,5 foiz) bilan yakunladi.

O‘zaro tovar ayirboshlash tarkibida O‘zbekiston Qozog‘istonga 1,4 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi, import esa 2,8 milliard dollarni tashkil etdi.

G.Sattorova, O‘zA