O‘zbekistonda dasturchilar soni 1 milliondan oshdi(mi?) (+video)

307

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil mart oyida BAAga rasmiy tashrifi doirasida axborot texnologiyalari sohasida ham hamkorlik kelishuviga erishilgani natijasi yurtimizda “Bir million dasturchi” loyihasi ishga tushirilgan edi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaga qiziquvchilar soni 2 million 400 ming nafardan ortgan. Hozirda esa 1 million 200 nafar yoshlar dasturchilik sohasi bo‘yicha onlayn tahsil olib, maxsus sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, ularning 40 foizdan ortig‘i hozirda kamida 500 AQSH dollaridan 1000 AQSH dollarigacha maosh asosida o‘z ish faoliyatini boshlagan.

Ziyovuddin NURIDDINOV, Abror SODIQOV, O‘zA