Apple yana dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi (+video)

195

Apple ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng qimmat brendiga aylandi. Bu haqda Brand Finance Global 500 ro‘yxatida elon qilindi

Apple brendining qiymati bir yil ichida 11 foizga — 574,5 milliard dollargacha qimmatlashgan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni 35 foizlik o‘sish bilan yana Microsoft egalladi. Undan keyingi pog‘onalarni Google hamda Amazon band etgan.

Dunyoning eng qimmat brendlari qatoridan Samsung , TikTok, Facebook, Nvidia o‘rin olgan. Ta’kidlanishicha, Nvidia brendi qiymati bir yil ichida qariyb ikki baravarga ko‘tarilgan.

Yevropadagi eng qimmat brend deya Deutsche Telecom tan olingan — u 85,3 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan umumiy reytingda 11-pog‘onani band etgan. Yapon brendlariga Toyota yetakchilik qilgan — umumiy ro‘yxatda 18-o‘rin.

Top-500 ro‘yxatdan Amerikaning 193 ta brendi, Xitoyning — 69 ta, Germaniyaning — 27 ta brendi o‘rin olgan. Dunyodagi eng qimmat 500 ta brendning umumiy qiymati o‘tgan yilda 10 foizga, qariyb 9,5 trillion dollargacha oshgan.

Madinabonu Nasriyeva, O‘zA