Yun Sok Yol o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda

198

Vaqtinchalik lavozimidan chetlatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol impichment bo‘yicha sudda birinchi marta qatnashdi va u harbiy holat joriy etishga urinish paytidagi ayblovlarni rad etdi, deb yozmoqda “BBC” nashri.

Mamlakat parlamenti o‘tgan oy Yunni impichment qilish uchun ovoz berdi va o‘tgan hafta Konstitutsiyaviy sud uni lavozimidan butunlay chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun sud jarayonini boshladi.

Yun Sok Yol shuningdek, qo‘zg‘olonga aloqadorlik yuzasidan alohida jinoiy tergovga tortildi. U o‘tgan haftadan beri hibsda saqlanmoqda.

Politsiya uning yuzlab tarafdorlarini yaqinlashtirmaslik uchun g‘alayonlarga qarshi barrikadalarni o‘rnatdi.

– Men liberal demokratiyaga qat’iy ishonch bilan amal qilib yashagan odamman, – dedi Yun suddagi nutqida. – Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyani himoya qilish uchun mavjud ekan, men sizdan ushbu ishning barcha jihatlarini chuqur o‘rganishingizni so‘rayman.

Musulmon Ziyo, O‘zA