Futbolchilarimiz bugun Qatar bilan o‘ynaydi

137

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi Qatarda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Mazkur yig‘in doirasida bugun, 22 yanvar kuni futbolchilarimiz Qatar yoshlar termasiga qarshi navbatdagi nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv soat 20:00da Doha shahridagi “Grand Hamad” stadionida boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston U20 terma jamoasi yig‘indagi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida Suriya termasi bilan 0:0 hisobida durrang qayd etilgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA