Tramp inauguratsiyasidan so‘ng Si Szinpin va Putin videomuloqotda bo‘ldi

153

XXR yetakchisi Si Szinpin va RF prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp qasamyod qilganidan bir necha soat o‘tib, videoqo‘ng‘iroq orqali gaplashdi. Bu haqda “BBC” nashri yozmoqda.

Szinpinga “aziz do‘stim” deya murojaat qilgan Putin Rossiya va Xitoy tashqi bosimlarga qaramay, do‘stlik, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash asosida aloqalarni davom ettirayotganini qayd etdi.

O‘z navbatida, Si Szinpin ham “strategik muvofiqlashtirishni chuqurlashtirish, o‘zaro yordamni kuchaytirish va qonuniy manfaatlarni himoya qilishni davom ettirishga” chaqirdi.

Ayni paytda Tramp Pekinga tariflar qo‘yish bilan tahdid qilib, XXR rasmiy hukumatini “buzg‘unchi” deb atadi va agar Moskva Ukrainadagi ziddiyatni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishmasa, “katta muammo” kelishidan ogohlantirdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA