Sirdaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi
175
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Keyingi yillarda hududda qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholining ijtimoiy sharoitlarini yuksaltirish va boshqa yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etilib, yangi vazifalar belgilandi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.
G‘ulom Primov,Shahriyor Ortiqboyev(surat),
O‘zA muxbirlari