Yil yakunlari va rejalar

205

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi organlarining yil yakunlari va kelgusidagi vazifalariga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda prokuratura organlarining tezkor xodimlari, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari rahbariyati hamda ularning hududiy bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdi.

Hay’at majlisida prokuratura organlarining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida o‘tgan yildagi faoliyati natijalari tanqidiy muhokama qilindi. Ayniqsa, prokurorlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, jazo muqarrarligini ta’minlash va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

Majlisda mas’ullarning ma’ruzalari tinglanib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri