Eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtiriladi
172

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga:
eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyotini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘zA