Marko Rubio: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat to‘xtatilishi kerak

189

AQSHning yangi davlat kotibi Marko Rubio “CNN” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya – Ukraina o‘rtasidagi nizoga tezda barham berilishi lozimligini ta’kidladi.

– Biz adovat tugashini istaymiz, – dedi u. – Tramp tinchlikni targ‘ib qiluvchi va mojaroga barham beradigan prezident bo‘lishni xohlaydi.

Uning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish AQSH yetakchisining ustuvor vazifasi. O‘tgan yil dekabr oyida “Reuters” axborot  agentligi Trampning Ukrainadagi mojaroni hal qilish rejasi Kiyevning NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishini va Rossiya foydasiga hududiy imtiyozlarni taqdim etishini xabar qilgan edi.