O‘zbekiston – Yaponiya: munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida
201

Bugun Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti, doktor Akixiko Tanaka boshchiligidagi delegatsiya Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev va yaponiyalik mehmonlar ta’lim dasturlari, talabalar, o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek barqaror rivojlanish bilan bog‘liq dolzarb global muammolarni hal qilishga qaratilgan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi.
Tadbir doirasida JICA rahbari JIDUning Faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi.
Martabali mehmon “Barqaror global rivojlanish muammolari va xalqaro hamkorlik istiqboli” mavzusida talabalarga ma’ruza o‘qib, global chaqiriqlar, jumladan iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy tengsizlik singari muammolarni hal qilishda mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-harakati muhimligini ta’kidladi.
Musulmon Ziyo,
Doniyor Yoqubov (video),
O‘zA