Xiva O‘zbekistonning eng qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, uning tarixiy obidalari va arxitektura yodgorliklari turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Mazkur shahar tarixi ham uzoq asrlarga borib taqaladi.
“BBC World News” xalqaro telekanali bilan hamkorlikda Xiva shahrining turizm salohiyati haqida videorolik tayyorlandi. Videorolikda shaharning tarixiy diqqatga sazovor joylari, masalan, Xiva ichidagi Ichan-Qal’a majmuasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta Minor minorasi va boshqa tarixiy obidalar namoyish etildi. Shuningdek, videoda shahar hududidagi mehmonxonalar, milliy an’analar va turizm uchun yaratilgan qulayliklar haqida ham ma’lumotlar berilgan.
Bu kabi loyihalar, Xiva shahri va O‘zbekistonning umumiy turizm salohiyatini jahon bozorida keng tanitish, sayyohlarni jalb qilish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA