Chimboylik fotomuxbirning ijodi e’tirof etildi

215

FOTOREPORTAJ

Chimboy tumanida tuman hokimligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan “Chimboy ovozi” gazetasi fotomuxbiri O‘rozboy Pirlenovning 60 yillik yubileyiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi A. Tojiddinov, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi D. Abibullayev so‘zga chiqib, taniqli fotomuxbirning boy ijodiy faoliyati, insoniylik fazilatlari, kasbiga bo‘lgan sadoqati xususida alohida to‘xtaldi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi O‘rozboy Pirlenov uzoq yillar davomida Qoraqalpog‘iston televidenisida operator, “Chimboy ovozi” gazetasida fotomuxbir sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Tumanda amalga oshirilayotgan islohotlarni, aholi hayotini, turli sohalarda mehnat qilib, boshqalarga o‘rnak ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimiz faoliyatini o‘zining foto va videoreportajlari orqali keng jamoatchilikka yetkazishda hissa qo‘shmoqda.

Tadbir yakunida fotomuxbirga tuman hokimligi hamda qator tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA