Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

151

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, ko‘p kvartirali uylarning yertula qismlaridan foydalangan holda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ushbu jarayonni yanada tartibga solish, mavjud ko‘p kvartirali uylarning yerto‘la qismlari hisobini yuritish, ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv organlari tomonidan uylarning yerto‘la qismlarini ijaraga berishda to‘lanadigan majburiy badal va to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 648-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga:

ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun to‘lovlar hisobini “Mening uyim” billing tizimida yuritish;

ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini ijaraga berishda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan hududlarni ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

O‘zA