Tramp rasman AQSH Prezidenti

Donald Tramp Vashingtondagi Kapitoliy saroyida bo‘lib o‘tayotgan inauguratsiya marosimida qasamyod o‘qib, rasman Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti lavozimiga kirishdi. Tadbirni Oliy sud raisi Jon Roberts boshqarib boryapti.
Ommaviy axborot vositalari yozishicha, Oq uyning yangi rahbari bugunnning o‘zida bir necha farmonga imzo chekishni rejalashtirgan. U o‘zining dastlabki nutqida ayni lahzadanoq Amerikaning “oltin asri” boshlanayotganini e’lon qildi. An’anaga ko‘ra, yangi vitse-prezident Jeyms Devid Vens ham qasamyod qabul qildi. Tantanali inauguratsiya marosimi mamlakatning barcha yetakchi telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etib borilyapti.