Oila yarashtirildi

Majburiy ijro byuroning Amudaryo tuman bo‘limi xodimlari mahalla yettiligi bilan hamkorlikda oilalarni asrab-avaylash, uning mustahkamligini ta’minlash, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida birgina o‘tgan yili jami 2 ming 709 oilaning yarashtirilishiga erishildi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman sudining 2024 yil 26 dekabrdagi buyrug‘i asosida R.A.ning foydasiga uning tarbiyasidagi bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun qarzdor S.A.ning har oydagi jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Ushbu sud buyrug‘i asosida Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atildi va bu haqida qarzdor yashaydigan hududdagi ovul fuqarolar yig‘ini raisi xabardor qilindi.
Bo‘lim davlat ijrochisi va mahalla raisi bilan birgalikda ajrashgan oilani yarashtirish maqsadida qarzdor va undiruvchiga tushuntirish ishlari olib borildi. Shuning natijasida ular Byuroning Amudaryo tuman bo‘limiga kelib, hozirgi kunda birga yashayotganligini bildirdi va aliment undirish haqidagi sud qarori ijrosini tugatishni so‘rab iltimosnoma berdi. Natijada ajrim yoqasiga kelib qolgan oila yarashtirildi va voyaga yetmagan farzand to‘laqonli oilaviy muhitda voyaga yetadigan bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri