Tabiiy gaz o‘g‘risi

129

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Fuqaro Yu.N. yashash xonadonida gaz tarmog‘iga shlang yordamida ulanib, jami 126,6 million so‘m foydalanganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri